Xo'ja guruhi - Mening sevgim

Umidimning olis-olis yulduzlaridan,
Yuragimning sohili yo`q dengizlaridan,
Yolg`iz seni, seni izlab yashagan edim,
Mening sevgim, mening sevgim.

Bahor bo`lib bog`larimga gul to`shar eding,
Hayotimni yoritgan bir nurga o`xsharding,
Afsus, seni, seni endi yo`qotib qo`ydim,
Mening sevgim, mening sevgim.

Izlaganim, topmaganim,
Sog`inganim, yetolmaganim,
O`ylab-o`ylab to`ymaganim,
Mening sevgim, mening sevgim.

Qizg`onardim seni, hatto esgan shamoldan,
Seni olib ketay, derdim yolg`on xayoldan,
Shoshar edim, lekin sendan olis manzilim,
Mening sevgim, mening sevgim.

Bahor bo`lib bog`larimga qaytarmikansan,
O`zimga dil so`zlaringni aytarmikansan,
Afsus, seni, seni endi yo`qotib qo`ydim,
Mening sevgim, mening sevgim.

Izlaganim, topmaganim,
Sog`inganim, yetolmaganim,
O`ylab-o`ylab to`ymaganim,
Mening sevgim, mening sevgim. (x2)

O`ylab-o`ylab to`ymaganim,
Mening sevgim, mening sevgim.

Izlaganim, topmaganim,
Sog`inganim, yetolmaganim,
O`ylab-o`ylab to`ymaganim,
Mening sevgim, mening sevgim. (x2)

O`ylab-o`ylab to`ymaganim,
Mening sevgim, mening sevgim.



Бошка кушик матнлари:


Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Mansurxon Nurmatov - Olib ketay
Xo'ja guruhi - Bahor
Bahrom Nazarov, Bojalar guruhi - Yo’q-yo’q
Asilbek Negmatov - Sog’inganim bor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты