Jahongir Otajonov - Ayol makri

(O`tsam o`tay, g`urbat shahri-ridan,
Totsam totay, yo`qlik zahri-ridan.)

O`tsam o`tay, g`urbat shahridan,
Totsam totay, yo`qlik zahridan,
Bisotimda bor nomusim haqqi –
Ilohim, asra ayol makridan. (x2)

Ayol makridan falak hayrondir,
Falak bo`lganiga pushaymondir.
Shaytonga dars berar insondir,
Ilohim, asra ayol makridan. (x2)

Ayolning avval hayosi bo`lsin,
O`ziga, qadriga vafosi bo`lsin,
So`ng mayli, nomardga da’vosi bo`lsin,
Ilohim, asra ayol makridan.

Asra ayol makridan-ey
Hamda uning zahridan, (x2)
Bisotimda bor nomusim haqqi –
Ilohim, asra ayol makridan. (x2)

Tan bersa, umrbod yuzing qarodir,
Har ne qilsang, ko`ngling yarodir,
Kuning g`am, yo`ling do`zax arodir,
Ilohim, asra ayol makridan.

Ayolning avval hayosi bo`lsin,
O`ziga, qadriga vafosi bo`lsin,
So`ng mayli, nomardga da’vosi bo`lsin,
Ilohim, asra ayol makridan.

Ayol makridan falak hayrondir,
Falak bo`lganiga pushaymondir.
Shaytonga dars berar insondir,
Ilohim, asra ayol makridan. (x2)

(Bom, dili, bom-bom,
O`ylab ko`rsang yomon,
Shirin so`z ham
Tashlab ketar, do`stim.

Uning ko`k ko`zi,
Maftun qildi o`zi,
Gar ketmoqchi bo`lsam,
So`z ochadi o`zi.)

Asra ayol makridan-ey
Hamda uning zahridan, (x2)
Bisotimda bor nomusim haqqi –
Ilohim, asra ayol makridan. (x2)

O`tsam o`tay, g`urbat shahridan,
Totsam totay, yo`qlik zahridan,
Bisotimda bor nomusim haqqi –
Ilohim, asra ayol makridan.



Бошка кушик матнлари:


Shohzamon - Shahrim ko’chalari
Mo-Do - Super gud
Светлана Лобода - Be My Valentine
Munisa Rizayeva, Shahzod guruhi - Bom-bom
Mango guruhi - Dilorom


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты