Bahrom Nazarov - Kechikish

Ayb etmang, do`stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu hayot shaydo,
Kim ham sevmas, kim yig`lamas,
Kim kuylamas mening yoshimda?

Bulbulman, ohu zor chekib,
Toza gulzordin ayrildim. (x2)
Ko`zdan qonli yoshim to`kib,
Ul sevar yordin ayrildim.

Ayrildim g`uncha gulimdan,
Qora sochli sumbulimdan. (x2)
Xush ovozli bulbulimdan,
Shiringuftordin ayrildim. (x2)

Telba ko`nglim orzumoli,
Barcha go`zallarning xoli. (x2)
Sakkiz jannatning bo`stoni,
Ul mevazordin ayrildim. (x2)

Maxtumquli – oshiq Maston,
Bag`ishlab sha’niga doston, (x2)
Manzilgohi bog’u bo’ston,
Olma-anordin ayrildim. (x2)

Olma-anordin ayrildim… (x2)



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi - Ayrildim
Otajon Hudoyshukurov - Ayrildim
Yulduz Usmonova - Xush keldilar
Mahmud Namozov - Ohu-voh
50 Cent - Window Shopper


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты