Botir Yaminov - Vatanim

Qushday uchib, bog`laringda navo qilsam,
Bolam, deya meni jon deb tinglagaysan.
Goh erkalik yoki ba’zan xato qilsam,
Onamday hech gina saqlab yurmagaysan. (x2)
Onamday hech gina saqlab yurmagaysan.

Aylanayin yeru osmoningdan, Vatan,
Bog`laring bog` qilgan bog`boningdan, Vatan.
Aylanayin yeru osmoningdan, Vatan,
Xafa bo`lma men erkatoyingdan, Vatan. {x2}

Sayru sayohatlar qilib shu kungacha,
O`ynab-kulib, yurtlar kezdim qanchadan-qancha.
Mehmon bo`lsam, bo`ldim zo`rg`a uch kungacha,
Senday yaxshi yurt yo`qligin shunda sezdim. (x2)

Aylanayin yeru osmoningdan, Vatan,
Bog`laring bog` qilgan bog`boningdan, Vatan.
Aylanayin yeru osmoningdan, Vatan,
Xafa bo`lma men erkatoyingdan, Vatan. {x2}



Бошка кушик матнлари:


Dilso'z - Vatanim
Munisa Rizayeva - Xafa-xafa
Bahrom Nazarov - Xato qildim
Ozodbek Nazarbekov - Vatanim meni
Zulayho Boyxonova - Yurtim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты