Umida Mirhamidova - Sevgilim

Sevgilim, sevgilim, og’riydi dilim,
Jonim og’riyverar sizni o’ylasam. (x2)
Qora sochlaringizni silar tunda kim,
Meni eslarmisiz, yo’qmi o’shal dam?
Shirin so’zlaringizni tinglar tunda kim,
Meni eslarmisiz, yo’qmi o’shal dam?

Bulutlar ko’k kezar tunda piyoda,
Ufqqa oftob botar qizil gulxanday.
Armonim ekansiz yorug’ dunyoda,
Sizni eslamasdan yasharman qanday?
Armonim ekansiz yorug’ dunyoda,
Sizni o’ylamasdan yasharman qanday?

Sevgilim, sevgilim, og’riydi dilim,
Jonim og’riyverar sizni o’ylasam. (x2)
Qora sochlaringizni silar tunda kim,
Meni eslarmisiz, yo’qmi o’shal dam?
Shirin so’zlaringizni tinglar tunda kim,
Meni eslarmisiz, yo’qmi o’shal dam?

Bilmayman, bilishni istamayman ham,
Bilganim – baxt menga nasib bo’lmadi.
Yillar o’taverdi, ko’zim o’ngidan
Sizning oydek ruxsoringiz ketmadi.

Dunyo omon bo’lsin, siz bo’ling omon,
Omadli bo’ling siz, baxtli bo’ling siz.
Lekin bilib qo’ying, bilib qo’ying hamon,
Sizni unutolmas, oh Umidangiz.

Lekin bilib qo’ying, bilib qo’ying hamon,
Sizni unutolmas Umidangiz!

Sevgilim, sevgilim, og’riydi dilim,
Jonim og’riyverar sizni o’ylasam. (x2)
Qora sochlaringizni silar tunda kim,
Meni eslarmisiz, yo’qmi o’shal dam?
Shirin so’zlaringizni tinglar tunda kim,
Meni eslarmisiz, yo’qmi o’shal dam?



Бошка кушик матнлари:


G'ulomjon Yoqubov - O’ylasam
Umida Mirhamidova, Yoqutjon Rajabov - Bizning baxtimiz
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Bojalar guruhi, Rayhon - Omoney


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты