G'ulomjon Yoqubov - Kel, ey yorim, nigorim

Kel, ey yorim, kel, ey yorim, nigorim,
Yozilgay sen bilan ko`nglim, xumorim.
Kel, ey yorim, kel, ey yorim, nigorim,
Yozilgay sen bilan ko`nglim, xumorim.

Seni o`ylab, seni doim kutarman,
Seni o`ylab, ne g`am kelsa, yutarman.
Agar sevgimni rad etsang, na choram,
Seni o`ylab, kuyib, tanho o`tarman.

Kel, ey yorim, kel, ey yorim, nigorim. {x2}

Seni o`ylab, jahongashta bo`larman,
Yonib bitgan sham yanglig` so`narman.
Kelur insofga debman, shu umidim,
Seni o`ylab, ne dard bersang, yutarman.

Kel, ey yorim, kel, ey yorim, nigorim. {x2}

Seni o`ylab, o`yim doim nurafshon,
Nurafshonlik senga sevgimdan nishon.
Eshik ochsang agar, sevgimga dildan,
Senga guldan yasarman haykal, inon.

Kel, ey yorim, kel, ey yorim, nigorim,
Yozilgay sen bilan ko`nglim, xumorim.
Kel, ey yorim, kel, ey yorim, nigorim,
Kel, ey yorim, kel, ey yorim, nigorim.



Бошка кушик матнлари:


Oybek Hamroqulov - Oy yuzing
Shahzoda - Yomg’ir
Ortiq Otajonov - Xoh inon
Shahzoda - Yor kelur
Bojalar guruhi, G'ulomjon Yoqubov - Ko’zlari shahlo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты