Eldido guruhi - O’zligingni unutma

O’zligingni unutma, o’zligingni unutma,
O’zligingni unutma, o’zligingni unutma.

Ikki daryo o’rtasi – keng dasturxon,
Tuz totgansan, tuzlig’ingni unutma.
Dasturxonni belbog’ qilib o’stirgan
Ey do’stginam, o’zligingni unutma!

Sadarayhon bukilgani – so’lgani,
Er yigitning egilgani – singani.
Yo’l bermagin g’animlarga kulgani,
Ey do’stginam, o’zligingni unutma!

O’zligingni unutma, o’zligingni unutma,
O’zligingni unutma, o’zligingni unutma.

Yurtim desam, jaranglagan tor kelur,
Undan oldin nomus ila or kelur.
Burgut kelur, lochin kelur, sor kelur,
Ey do’stginam, o’zligingni unutma!

Unutmagin nasabingni, zotingni,
Umid bilan otang qo’ygan otingni.
Asra erta kuningni – zurriyodingni,
Ey do’stginam, o’zligingni unutma!

Bo’shamasin zinhor yog’och beshiging,
Qulf ko’rmasin darvozayu eshiging.
Yig’ilmasin supadagi to’shaging,
Ey do’stginam, o’zligingni unutma!

Ey do’stginam, o’zligingni unutma! {x2}



Бошка кушик матнлари:


Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
Mahmudjon Azimov - Ko’rarmikanman
Ozodbek Nazarbekov - Sadarayhon
Alisher Fayz - Qaldirg’och
Nilufar Usmonova - Uch dugonam


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты