Tavakkal Qodirov - Yana

Sho’xi parivashga giriftorman yana, {x2}
Vasling ko’rarga shomu sahar men zorman yana.

Ra’nolar ichra kammidi, tobu jafolar chekib,
Naylayin, birovning ishqida bemorman yana. {x2}

Sho’xi parivashga giriftormen yana,
Vasling ko’rarga shomu sahar men zormen yana.

Aylab hamisha xoblara uyquni harom,
Bir nozanin yodida bedorman yana. {x2}

Sho’xi parivashga giriftormen yana,
Vasling ko’rarga shomu sahar men zormen yana.

Nogoh, Muqimiy, uchrasa, aqlu hushidan ketib,
Ko’rgan yerimda surati devorman yana. {x2}

Sho’xi parivashga giriftormen yana,
Vasling ko’rarga shomu sahar men zormen yana.



Бошка кушик матнлари:


Olmaxon Hayitova - Naylayin
Dildora Niyozova - Mehrim kammidi
Yulduz Turdieva - Naylayin
Muhriddin Xoliqov - Ey nozanin
Sardor Mamadaliyev - Qoshi qarolar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты