G'ulomjon Yoqubov - Zilola

Yashil kiyib bahorda,
Dilbar terib gullola,
Hayo bilan nozlanib,
Meni soldi xayola. {x2}

Hayo bilan nozlanib,
Meni soldi xayola. {x2}

Sho’x o’ynatib dilimni,
Lol aylagan tilimni, {x2}
Yor xandasi shalola,
Tabassumi zilola. {x2}

Eh, yor xandasi shalola,
Tabassumi zilola. {x2}

Ko’klam havosi yanglig’
Kokillari muattar, jon muattar,
Qalbim olov, cho’g’ solgan
Yanoqlari gullola. {x2}

Egnidagi libosi
Yal-yal yonar olmosdan, {x2}
Uning ko’nglin so’rganda,
Javob bermas savola. {x2}

Sochi kabi parishon
Bo’ldi Nusrat xayoli, {x2}
Endi uning taqdiri
Shu dildorga havola. {x2}

Sochi kabi parishon
Bo’ldi Nusrat xayoli, {x2}
Endi uning taqdiri
Shu dildorga havola. {x2}

Hayo bilan nozlanib,
Meni soldi xayola. {x2}
Hayo bilan nozlanib,
Meni soldi xayola. {x2}

Meni soldi xayola. {x2}



Бошка кушик матнлари:


G'ulomjon Yoqubov - Shirinim-shakarim
Bojalar guruhi - Chaplin
Bojalar guruhi, G'ulomjon Yoqubov - Ko’zlari shahlo
Sherali Jo'rayev - Dilbar
Shahzoda - Sevib intildim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты