Samandar Hamroqulov - Chegarachi o’g’lonlar

Mardlari bor elning ko’ngli to’q,
Mardlari bor yurtda xatar yo’q.
Ko’ksi tog’dir, aytgan so’zi o’q,
Sarhadimiz sarlochinlari, (x2)
Vatan uchun fido jonlari.

Qo’rg’onimiz qalqonlari,
Tinchligimiz posbonlari,
Bo’ling omon, ona yurtning
Chegarachi o’glonlari. (x2)

Sizlar borsiz – tinchlik muqarrar,
Tun osuda, tonglar munavvar.
Bo’lib sharaf-shonga muyassar,
Yashang, botir pahlavonlari.

Qorachiqday asrang Vatanni,
Shu diyorni, jannatmakonni.
Shukr, berdi sizday o’g’lonni,
Azim elning qahramonlari,
Vatan uchun fido jonlari.

Qo’rg’onimiz qalqonlari,
Tinchligimiz posbonlari,
Bo’ling omon, ona yurtning
Chegarachi o’glonlari. (x2+x2)



Бошка кушик матнлари:


Ilhom Farmonov - Yashang
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Shahzoda - Begim
Madina Mumtoz, Samandar Hamroqulov - Eshvoy
Shaxriyor - Men uchun vatan


Комментарии 1

mmmm
Norm bõladi
14 февраля 2023 14:25

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты