Nuriddin Haydarov - Eshmat o’g’li Mamajon

(Jim, jim, domla keldi.)

Eshmat, Toshmat, Gulmat, Qulmat bormi?
(- Men. – Men. – Men. – Men.)
Lobar, Dilbar, Fotima, Zuhra qani?
(- Men. – Men. – Men. – Men.)

[Nuriddin Haydarov]
Xo’-o’sh, Eshmat o’g’li Mamajon.
Eshmat o’g’li Mamajon?
[Mamajon]
Menman, labbay, domlajon.

[Nuriddin Haydarov]
Senga bitta savol bor.
[Mamajon]
A’lochiman, men tayyor!

(Sayra, mulla, Mamajon,
Bizni qutqar, oshnajon!
Sayra, sayra, Mamajon,
Bizni qutqar, oshnajon!)

[Nuriddin Haydarov]
Jiyirmagin burningni,
Yoki burning betobmi?
O’ylab, o’ylab javob qil,
Oy yaxshimi, oftobmi?

(O’ylab, o’ylab javob qil,
Oy yaxshimi, oftobmi? (x2))

[Mamajon]
Aytgan bobom Navoiy,
Ota-ona – oy-quyosh.
Ikkovi ham baxtimga
Bo’lsin yonimda yo’ldosh.

(Ota-ona har doim
Bo’lsin bizlarga yo’ldosh!)

[Nuriddin Haydarov]
E, otangga balli, (balli-balli)
Onangga balli. (balli-balli)
Otangga balli, (balli-balli)
Onangga balli. (balli-balli)

(Otamizga balli) Balli, balli,
(Onamizga balli) E, barakalla!
(Otamizga balli) Balli, balli,
(Onamizga balli) Balli, balli!

[Nuriddin Haydarov]
Xo’-o’sh, mulla Mamajon.
[Mamajon]
Qulog’im sizda, domlajon.

[Nuriddin Haydarov]
Senga yana savol bor.
[Mamajon]
A’lochiman, men tayyor!

(Sayra, mulla, Mamajon,
Bizni qutqar, oshnajon!
Sayra, sayra, Mamajon,
Bizni qutqar, oshnajon!)

[Nuriddin Haydarov]
Pirpiratma ko’zingni,
Kipriging yo kasalmi?
Nima shirin dunyoda,
Murabbomi, asalmi?

(Nima shirin dunyoda,
Murabbomi, asalmi? (x2))

[Mamajon]
Murabbodan shirindir
Erkalatsa bobomlar,
Asaldan ham shirindir
Alla aytsa momomlar.

(Erkalatsin bobomiz,
Alla aytsin momomiz!)

[Nuriddin Haydarov]
E, bobongga balli, (balli-balli)
Momongga balli. (balli-balli)
Bobongga balli, (balli-balli)
Momongga balli. (balli-balli)

(Bobomizga balli) Balli, balli,
(Momomizga balli) Balli, balli!
(Bobomizga balli) E, balli,
(Momomizga balli) Barakalla!

[Nuriddin Haydarov]
Eshmat o’g’li Mamajon.
[Mamajon]
Qulog’im sizda, domlajon.

[Nuriddin Haydarov]
Senga so’nggi savol bor.
[Mamajon]
A’lochiman, men tayyor!

(Sayra, mulla, Mamajon,
Bizni qutqar, oshnajon!
Sayra, sayra, Mamajon,
Bizni qutqar, oshnajon!)

[Nuriddin Haydarov]
Tishing qurg’ur kemshikmi?
Qimtayverma labingni.
Yurtimizda nima ko’p?
O’ylab gapir gapingni.

(Yurtimizda nima ko’p?
O’ylab gapir gapingni.(x2))

[Mamajon]
Tashvish tortmang, domlajon,
O’ylab, o’ylab oldim xo’p.
Yurtim kondir bolaga,
Bizda yaxshi niyat ko’p.

(Yurtimiz kon bolaga,
Bizda yaxshi niyat ko’p.)

[Nuriddin Haydarov]
E, otangga balli, (balli-balli)
Onangga balli. (balli-balli)
Bobongga balli, (balli-balli)
Momongga balli. (balli-balli)

(Otamizga balli) Balli, balli,
(Onamizga balli) E, barakalla!
(Bobomizga balli) Balli, balli,
(Momomizga balli) Balli!

[Nuriddin Haydarov]
Demak, qancha bola ko’p bo’lsa,
Shuncha yaxshi niyat ko’p bo’lar ekanda?
To’g’rimi?
(- Ha…)

Balli bolakaylar, tanaffus.
(- Urre…)



Бошка кушик матнлари:


Zulayho Boyxonova - Menman
Shohruhxon - Fotima yo Zuhra
Britney Spears - Burning Up
Muzaffar Abduazimov - Zamon keldi
Ravshan Sobirov - Yaxshimi yomonmi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты