Sato guruhi - Ota-ona

Ota-onang jismi ichra joni bo’lsang arzigay,
Tan aro bo’lgan tomirning qoni bo’lsang arzigay. (x2)

Voyaga yetkizdilar bir parcha et yarg’og’idek, {x2}
Sen ishonchin komili, iymoni bo’lsang arzigay. {x2}

Tunu kun zahmat chekib, jismin zaif etguvchilar,
Dardiga malham bo’lib, darmoni bo’lsang arzigay.

Siylabon mamnun hayotin turli ne’matlar bilan,
Mulki dilda bog’ ila bo’stoni bo’lsang arzigay. {x2}

Keksayib qolgach otangga qilsa hujum bechorolig’,
Keksayib qolgach onangga qilsa hujum bechorolig’,
Xavf solsa xavfu xatar, qalqoni bo’lsang arzigay.
Jo-on, dod, qalqoni bo’lsang arzigay.

Xizmatingning ajriga olgach otangdan bir duo,
Xizmatingning ajriga olgach onangdan bir duo,
El aro ibrat uchun dostoni bo’lsang arzigay. {x2}

Ota-onang jismi ichra joni bo’lsang arzigay,
Tan aro bo’lgan tomirning qoni bo’lsang arzigay. (x2)

Iymoni bo’lsang arzigay, darmoni bo’lsang arzigay…



Бошка кушик матнлари:


Botir Qodirov - Ey do’stim
Mango guruhi - Onangdaney
Ravshan Komilov - Odam bo’laylik
Farrux Raimov - O’g’iloy
Bahrom Nazarov - Intizor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты