Sherali Jo'rayev - Ko’zga ne bo’ldi

Termulib ko’z senda qoldi, ko’zga ne bo’ldi?
Tilim lol, so’z ham yo’qoldi, so’zga ne bo’ldi?

Uzalmay qolgan nigohim sezdingmu bilmam,
Oq yuzing guldek qizardi, yuzga ne bo’ldi? (x2)

Ko’zlaring ko’zimga tushgach porlaydi, ammo
Qoshlar chimirildi, hayhot, qunduzga ne bo’ldi?

Bu ko’zlar bog’labdi bizni o’tkir nigoh-la,
Hech tomon bosmas qadamlar, bizga ne bo’ldi? (x2)

Sening ham yoningda qizlar hayrat-la boqmish,
Menga ham derlar odamlar: sizga ne bo’ldi?

Menki bir dilxasta oshiq, sen so’yla, jonim,
Sendayin olamda yakto qizga ne bo’ldi? (x2)

Hech tomon bosmas qadamlar, bizga ne bo’ldi? {x2}



Бошка кушик матнлари:


Mahmud Namozov - Derlar
Bojalar guruhi - Lol bo’laman
Ozodbek Nazarbekov - Xato derlar
Nilufar Usmonova - Odamlar
Sardor Mamadaliyev - Meni yaxshi ko’rgan odamlar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты