G'ulomjon Yoqubov - Uchramasang yaxshi bo’lardi

Uchramasang yaxshi bo’lardi,
Uchradingu, qoldim baloga. (x2)
Bir boqdingu, o’tlarga yoqding, jonginam,
Qayga boray, endi davoga? (x2)

Uchraganing yaxshi bo’lmadi,
Halovatim, tinchim yo’qoldi. (x2)
Ishva bilan qiyo boqishlar, jonginam,
Yuragimga alanga soldi. (x2)

Uchradingu, o’shandan beri
Bezovtaman, notinchman, jonim.
Meni qiynab nima qilarding,
Gulbadanim, shirin zabonim.

Uchradingu, qaytadan yondi
Dilda so’ngan sevgi gulxani.
Endi sensiz yashashim qiyin, jonginam,
Toqatim toq, ko’rmasam seni.

Endi sensiz yashashim qiyin, jonginam,
Toqatim toq, ko’rmasam seni.

Olib ketding ixtiyorimni,
O’zim ham orqangdan ketarman. (x2)
Kim biladi, noumid shayton, jonginam,
Balki visolingga yetarman. (x2)

Toqatim toq, ko’rmasam seni. {x3}



Бошка кушик матнлари:


Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Bojalar guruhi, G'ulomjon Yoqubov - Ko’zlari shahlo
Shohruhxon - Qoshi qaro
Jasurbek Jabborov - Kim nima der
Tohir Sodiqov - Sevgi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты