Otajon Hudoyshukurov - Muhabbatimni

Qo’shiq etib kuylarman, sanam,
Senga yonib muhabbatimni. (x2)
Ellar kezib so’ylarman, sanam,
Senga yonib muhabbatimni. (x2)

Qo’shig’imning alvon baytlari
Quyosh bo’lib socharlar ziyo. (x2)
Tonglar bedor o’ylarman, sanam,
Senga yoniq muhabbatimni. (x2)

Sayyoralar lol qolur hatto,
Jo’shqin dilim navolaridan. (x2)
Inon, doston aylarman, sanam,
Senga yonib muhabbatimni. (x2)

Yuragimdan zarrin nur olib,
Charaqlagay so’lim oqshomlar.
Mangu dilga joylarman, sanam,
Senga yoniq muhabbatimni.

Oshiq Erkin, yuraging mash’al,
Sadoqating quyoshdek yorug’.
Doim jo’shib kuylarman, sanam,
Senga yonib muhabbatimni.

Doim jo’shib kuylarman, sanam,
Senga yonib muhabbatimni. {x2}



Бошка кушик матнлари:


Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
G'iyos Boytoyev - Mehr qolur
Ortiq Otajonov - Xoh inon
Nuriddin Haydarov - Mehr qolur
Bojalar guruhi - Lol bo’laman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты