Ozodbek Nazarbekov - Otam

Suyanganim, tog’im, derdi sizni onam,
Yashnab turgan bog’im, derdi sizni onam. (x2)
Bu dunyoda, hatto, aziz otamdan ham,
Mening yaxshirog’im, derdi sizni onam. (x2)

Siz men uchun beminnat bir olamdirsiz,
Onam shunday bino qo’ygan otamdirsiz.
Siz men uchun beminnat bir olamdirsiz,
Onam shunday bino qo’ygan otamdirsiz.

Siz yonimda boyligimsiz, kimdan kamman?
Duoyingiz bilan elda mukarramman. (x2)
Xonadonim chirog’isiz, shul sababdan
Ko’cha-ko’yda yurganimda xotirjamman. (x2)

Goho shodon, goho dardli nolamdirsiz,
Onam shunday bino qo’ygan otamdirsiz.
Goho shodon, goho dardli nolamdirsiz,
Onam shunday bino qo’ygan otamdirsiz.

Ota desam, yayragaydir zabonlarim,
Siznikidir surgan davru-davronlarim. (x2)
Sizni quchib, bobom, deya erkalasa,
Quvonaman, jonim qizim, o’g’lonlarim. (x2)

Onam, onam, onam suygan odamdirsiz,
Onam shunday bino qo’ygan otamdirsiz.
Opam, singlim, onam suygan odamdirsiz,
Onam shunday bino qo’ygan otamdirsiz.

Onam shunday bino qo’ygan otamdirsiz…



Бошка кушик матнлари:


Gulsanam Mamazoitova - Ona qizim
Shahzod Murodov - Yaxshi singlim
Dilso'z, Ozodbek Nazarbekov - Aka-singil
Sardor Rahimxon - Ona qizim
Ulug'bek Rahmatullaev - Ota


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты