Otajon Hudoyshukurov - Bir boqdiyu ketdi

Nogoh ko’ribon,
Nogoh ko’ribon ko’chada ul sarvi-xiromon,
Qosh qoqdi-yu ketdi, qosh qoqdi-yu ketdi.

Qosh uchida imo qilibon, jubbasi larzon,
Bir boqdi-yu ketdi, bir boqdi-yu ketdi. (x2)

Ul sho’xi pari ko’zlari ofat, so’zi otash,
Hay-hay na javohir, hay-hay na javohir. (x2)

Bir sheva qilib, etdi mani o’ziga hayron,
Xush yoqdi-yu, ketdi, hushim olib, ketdi. (x2)

Ul zulfi parishon uyidan chiqsa bayakbar,
Man shukr etarman, man shukr etarman.

Ming jonim agar bo’lsa, qilay man anga qurbon,
O’t yoqdi-yu, ketdi, o’t yoqdi-yu, ketdi. (x2)

Yuz jilva bila borur edi ko’chada ul sho’x,
Bag’rimni qilib qon.

Ming ta’zim ila man qilibon volayi hayron,
Jon oldi-yu, ketdi, jon oldi-yu ketdi.

Mashrabni bu dunyoda xarob etgan o’zingsan,
Ey ko’zlari shahlo, ey ko’zlari shahlo.

Aytdi so’zini, yoydi bu dunyoga farovon,
Dod etdi-yu, ketdi, dod etdi-yu, ketdi. (x2)

Jon oldi-yu, ketdi, bir boqdi-yu, ketdi…



Бошка кушик матнлари:


Sherzod Bek - Janon pari
Yulduz Usmonova - Xush keldilar
Bojalar guruhi - Oypari
O'lmas Olloberganov - Qurbon o’lam
Sardor Rahimxon - Nazar-nazar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты