Abdurashid Yo'ldoshev - O’zbekiston

Ilk ko’rganing yildir vatan,
Ilk ko’rganing nurdir vatan,
Bu dunyoni ming yil kezsang,
Topib bo’lmas durdir vatan.

Ozod elning ovozasi,
Obod yurtning andozasi,
Xush niyatli do’st-yor uchun
Ochiq bu yurt darvozasi.

Ozod yurtdir O’zbekiston,
Obod yurtdir O’zbekiston,
Ham sevgiyu sadoqatdan
Bunyod yurtdir O’zbekiston. (x2)

Matonati bobo meros,
Muhabbati momo meros,
Lutfin nuri Navoiydek,
Marddir Amir Temurga xos.

Quyosh bilan qarindosh el,
Ma’rifati bir quyosh el,
O’zbek desa, olam bilar,
Ham daryo dil, ham dildosh el.

Ozod yurtdir O’zbekiston,
Obod yurtdir O’zbekiston,
Ham sevgiyu sadoqatdan
Bunyod yurtdir O’zbekiston. (x2)

Bobolari yuzdan oshib,
Momolari yuzdan oshib,
Yashaydilar tinchlik tilab,
Kaftlaridan duo toshib.

Ozod yurtdir O’zbekiston,
Obod yurtdir O’zbekiston,
Ham sevgiyu sadoqatdan
Bunyod yurtdir O’zbekiston. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
Yulduz Usmonova - Xush keldilar
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Qilichbek Madaliyev - O’zbek emas


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты