Ulug'bek Ismailov - Vatanni sevmoq iymondandir

Husni yog’dular ila porlagan,
Yozmi, bahormi mehmonni doim chorlagan,
Nahori, shomi to’y-tantanaga ulangan,
O’zim o’rgilay,
Jonimday azizu mukarramsan Vatanim.

Dildan huzur etaman nomingni kuylasam,
El-yurtim ovoziman, yuragim soziman.
Muhabbatim, erkim haqida kuylayman,
Toki bor jahon, yashna mustaqil O’zbekiston.

Mangu yangrasin yor-yoru madhiyang,
Jaydari urf-odatim o’zbekona ko’nglimdadir.
Oy, o’n ikki yulduz – faxrim balanddadir,
Farzandlaring shiori bu:
Vatanni sevmoq iymondandir.

U yonda Farg’ona, bu yonda Voha,
Har qadaming nafosatga boy, durdona.
Adolat va tinchlik, mehr favvora,
Beminnat Vatanim, sen olamda yagona.

Dildan huzur etaman nomingni kuylasam,
El-yurtim ovoziman, yuragim soziman.
Muhabbatim, erkim haqida kuylayman,
Toki bor jahon, yashna mustaqil O’zbekiston.

Mangu yangrasin yor-yoru madhiyang,
Jaydari urf-odatim o’zbekona ko’nglimdadir.
Oy, o’n ikki yulduz – faxrim balanddadir,
Farzandlaring shiori bu:
Vatanni sevmoq iymondandir. {x3}

Mangu yangrasin yor-yoru madhiyang,
Jaydari urf-odatim o’zbekona ko’nglimdadir.
Oy, o’n ikki yulduz – faxrim balanddadir,
Farzandlaring shiori bu:
Vatanni sevmoq iymondandir. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Dilso'z - Vatanim
Sherali Jo'rayev - O’zbekiston
Munisa Rizayeva - Lol qolaman
Husniddin Xoliqov - O’zbekiston


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты