Negadir yovuz zulmat olib borar,
Vujudim yolg’iz, tinmay og’rib borar.
Bemor qalbimni birma-bir parchalar
Yolg’onlar.
Ko’zlarimga boq, ko’zyosh g’urur emas,
Hayotim sensiz aslo erur emas.
Yana tinmay yuragimga sanchilar
Tobe gumonlar bu.
Parvoz etay, dardlarimni olib,
Parvoz etay, gumonlardan tonib.
Parvoz etay, sevgimni unutib,
Sendan ketay.
Parvoz etay, parvoz etay,
Parvoz etay, parvoz etay.
Gohi yaqinsan, nega dildan yiroq?
Soxta izohlar menga ko’p yaqinroq.
Qaniydi, yulib tashlasam qalbimdan
Sen-la sevgimni.
Borar yo’limni armon yana yutar,
Yolg’onlaring ham qalbim yulib ketar.
Yashar edim unutib, seni deya,
Boru yo’gimni, u-u.
Parvoz etay, dardlarimni olib,
Parvoz etay, gumonlardan tonib.
Parvoz etay, sevgimni unutib,
Sendan ketay.
Parvoz etay, parvoz etay,
Parvoz etay, parvoz etay. (x1+x1)
Бошка кушик матнлари: