Otajon Hudoyshukurov - Kimning sevar yorisan

Avval boshda majlisingda ko’rishdim, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}
Bu yerlarda, dilbar, senga tutindim, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}

Tomosha aylading qarab bo’yimga,
Adab-ikrom bilan kelding yonimga.
Kamardayin zulfing solding bo’ynimga, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}

Ko’zlaring jalloddir, kipriging nashtar,
Turishing asiriga mehr-la tortar.
Seni deb yashadim kun va kun ora, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}

Biz ham oshiq bo’ldik shu jallod ko’zga,
Haqiqiy oshiqlar bu jannat uzra.
Najib, sen so’zlasang, rost so’zing so’yla, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}

Sevar yorisan, o’, sevar yorisan…



Бошка кушик матнлари:


Ulug'bek Rahmatullaev - Devona aylading
Sherali Jo'rayev - Dilbar
Bojalar guruhi - Tog’ora
Jahongir Otajonov - Tanishimsiz
Bojalar guruhi, Shaxri - Zing-zing


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты