Sherali Jo'rayev - Yodingdami yoshligimiz

Yodingdami yoshligimiz,
Beqaror, beboshligimiz? (x2)
To’ymay bu keng olamga,
Baxtiyor, shodligimiz. (x2)

Qo’l teksa, titrab qo’ling,
Balog’at to’sgach yo’ling, (x2)
Aylanmay so’zga tiling,
Qayrilma qoshligimiz. (x2)

Ilk bora yorni quchib,
Lablardan labbol ichib, (x2)
Bu olamdan voz kechib,
Bo’salar taloshligimiz.

Daryodek yillar o’tar,
Yosh ketib, pirlik yetar,
Lek ba’zan qo’msab ketar
Beqaror yoshligimiz.

Lek ba’zan qo’msab ketar
Beqaror yoshligimiz.

Bahor bu yozdan nishon,
Yoz kelsa – kuzdan nishon, (x2)
O’g’il-qizda qaytar, ishon,
Baxtiyor yoshligimiz. (x2)

Yodingdami yoshligimiz,
Beqaror, beboshligimiz? (x2)
To’ymay bu keng olamga,
Baxtiyor, shodligimiz. (x2)

Yoshligimiz… Beboshligimiz…



Бошка кушик матнлари:


Botir Qodirov - Bora-bora
Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Xo'ja guruhi - Bahor
Ozoda Nursaidova - Zolim yillar
Davr guruhi - Bora-bora


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты