Ozodbek Nazarbekov - O’zbegim yigitlari

Elim lochin, burgutlari,
Qoya o’pgan bulutlari, (x2)
G’ururi tog’, ori osmon,
O’zbekning mard yigitlari. (x2)

Yigitlari, yigitlari,
O’zbekning mard yigitlari.
Yigitlari-yey, yigitlari,
O’zbekning mard yigitlari.

Tuprog’ini aylab e’zoz,
Gulistonmi, Norin, Chinoz, (x2)
Yashash tarzi o’ziga xos,
Zomin, Baxmal yigitlari. (x2)

Yigitlari, yigitlari,
Zomin, Baxmal yigitlari.
Yigitlari-yey, yigitlari,
O’zbekning mard yigitlari.

Mezbonlikni sunnat bilar,
Raqibni ham ulfat qilar, (x2)
Osh bilmasa uyat qilar,
Vodiyning zo’r yigitlari.
Osh bilmasa uyat qilar,
Andijonning zo’r yigitlari.

Yigitlari, yigitlari,
Vodiyning zo’r yigitlari.
Yigitlari-yey, yigitlari,
O’zbekning mard yigitlari.

“Minorai Kalon”i bor,
Yetti pirlar makoni bor, (x2)
Egnida zar choponi bor,
Buxoroning yigitlari.
Egniga zar choponi bor,
Buxoroning yigitlari.

Yigitlari, yigitlari,
Buxoroning yigitlari.
Yigitlari-yey, yigitlari,
O’zbekning mard yigitlari.

Shaqillatib o’ynashadi,
Sho’x lazgidan kuylashadi, (x2)
Janlimi deb so’ylashadi,
Xorazmning yigitlari. (x2)

Yigitlari, yigitlari,
Xorazmning yigitlari.
Yigitlari-yey, yigitlari,
O’zbekning mard yigitlari.

Voha bo’ylab to’ylaydilar,
Kissaga pul joylaydilar, (x2)
Tandir, jizni boplaydilar,
Qarshining nor yigitlari. (x2)

Yigitlari, yigitlari,
Qashqadaryo yigitlari.
Yigitlari-yey, yigitlari,
O’zbekning mard yigitlari.

Alpomishday og’a-ini,
Tilidan tushmas hech Boysuni, (x2)
Ko’pkarisiz o’tmas kuni,
Surxonning sor yigitlari. (x2)

Yigitlari, yigitlari,
Surxonning sor yigitlari.
Yigitlari-yey, yigitlari,
O’zbekning mard yigitlari.

Baxmal do’ppi kiyishadi,
Qazi-qarta yeyishadi, (x2)
Ey, bo’vottimi deyishadi,
Toshkentning dor yigitlari. (x2)

Yigitlari, yigitlari,
Toshkentning dor yigitlari.
Yigitlari-yey, yigitlari,
O’zbekning mard yigitlari.



Бошка кушик матнлари:


Sardor Mamadaliyev - Lazgi
Manzura - Lazgi
Sherali Jo'rayev - O’zbegim
Ravshan Namozov - Osh
Shohruhxon - Gulday elim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты