Nilufar Usmonova, Shohruhxon - Barcha shodlik

Barcha shodlik senga bo’lsin,
Bor sitam, zorlik menga.
Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xumorlik menga.

Sen mening jonimni olgin,
Men sening darding olay.
Barcha sog’lik senga bo’lsin,
Barcha bemorlik menga.

Senga bo’lsin barcha husnu,
Menga bo’lsin barcha ishq.
Kori xunxorlik menga-yu,
Mehri poydorlik menga.

Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin ber menga.
Senga bo’lsin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.

Ol o’zing koshonalarni,
Menga qo’y mayxonani.
Barcha xushyorlik senga-yu,
Barcha xumorlik menga.

Mayli ostonangda yotsam,
Mayli quvsang tosh otib.
Bor dilozorlik senga-yu,
Bor dilafgorlik menga.

Sen shahanshoxlikni olgin,
Menga qullik bo’lsa bas.
Bor jafokorlik senga-yu,
Bor vafodorlik menga.

Senga bo’lsin nurli kunduz,
Menga qolsin qora tun.
Barcha gulshan senga bo’lsin,
Bor tikanzorlik menga.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi, Nilufar Usmonova - Tegaman
Jamshid To'ychiyev - Ostonangda
Mango guruhi - Bas-bas
Anvar Sobirov - Shataloq
Bojalar guruhi, Shaxri - Zing-zing


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты