Sevara Nazarkhan - Kunlarim sensiz

Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz,
Yana qancha umr oldinda kutar?
Sevgi bisotida bebaho, tengsiz,
Bir lahzalik visol bizni ovutar.

Yulduz misol yondik, oy kabi to’ldik,
To’le tilab zor-zor qoldi bu qo’llar.
Biz bitta yurakka aylanib bo’ldik,
Ikkiga ajralmay tursaydi yo’llar.

Umr shirin qo’rquv, kechmas behadik,
Sog’inch sovg’a bo’ldi taqdirimizga.
Bizlar birga bo’lish uchun sevmadik –
Shunchaki yoqqandik bir-birimizga.

Ammo g’am chekmoqlik bobida tengsiz
Bu yurak sog’inchni kaftida tutar.
Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz,
Yana shuncha umr oldinda kutar.

Yulduz misol yondik, oy kabi to’ldik,
Tole tilab zor-zor qoldi bu qo’llar.
Biz bitta yurakka aylanib bo’ldik…

Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz,
Yana qancha umr oldinda kutar?
Sevgi bisotida bebaho, tengsiz,
Bir lahzalik visol bizni ovutar.



Бошка кушик матнлари:


Malika Egamberdiyeva, Ziyoda - Bebaho
Botir Qodirov - Diydor uchun
Janob Rasul - Ona
Izzat Shukurov - Xafa bo’lish yo’q
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты