Daler - Na mehrim

Senga bergan mehrimni
Toshga bersam mabodo,
Gullab ketardi aniq
Yo berardi bir sado.

Senga bergan mehrimni
Bilsa edi ko’kda oy,
Baxt yulduzi bo’lardi
Yoki quyosh hoynahoy.

Na mehrimni bilding sen,
Na nazarga ilding sen,
Na yonimda bo’lding sen,
Na jonimga kuyding sen. (x2)

Senga bergan mehrimni
Ko’rganda gar sahro,
Dengizday mavj urardi,
Tog’ bo’lardi yo tanho.

Senga bergan mehrimni
Osmonlarga otsam gar,
Oftob undan kuch olib,
Yonar edi har sahar.

Na mehrimni bilding sen,
Na nazarga ilding sen,
Na yonimda bo’lding sen,
Na jonimda kulding sen. (x2)

Na mehrimni bilding sen…
Na yonimda bo’lding sen,
Na jonimda kulding sen.

Na mehrimni bilding sen,
Na nazarga ilding sen,
Na yonimda bo’lding sen,
Na jonimga kuyding sen. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Oybek Hamroqulov - Oftob yuzli malagim
Sarvar va Komil - Mabodo
Aziz Rajabiy - Pinhona
G'ulomjon Yoqubov - Jonimda darmon qolmadi
Lola, Tohir Sodiqov - Undan nimam kam


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты