Hosila Rahimova - Qurya-qur

Qo’ltig’ida qirq qarichli qanoti,
Ey jonivor, o’zbekning xonazoti,
Senga jetsin Barchinning arzi-dodi,
Qurya-qur, hayt-a to’ramning oti.

O’zbeklarning oti doim birinchi,
Poygada o’zganing jo’qdir ilinji,
Boychibor qarchig’ay qushday ko’rinchi-ey,

Qurya-qur, hayt-a to’ramning oti,
Qurya-qur, hayt-a begimning oti. (x2)

Oh urib, jilaydi mendayin sanam,
Vayrona bo’lmasin kulbayi-xonam, (x2)
Qalmoqda qolmasin guldayin tenam,
Qurya-qur, hayt-a to’ramning oti. (x2)

Tuyog’ingni mehrim bilan juvayin,
O’lgunimcha sayising bo’p jurayin,
Bir intilgin, zo’rligingni ko’rayin-ey,

Qurya-qur, hayt-a to’ramning oti,
Qurya-qur, hayt-a begimning oti. (x2)

Nomus uchun chopsang tuyoq tilinar,
Poygani zahmati jo’ldan bilinar, (x2)
Orkashliging, jonivor, bugun bilinar,
Qurya-qur, hayt-a to’ramning oti. (x2)

Bir kishnading, dunyo charaqlab ketdi,
Ena jurtning mehri jaraqlab ketdi,
Bir silkinib, tulpor marraga jetdi-ya,

Qurya-qur, hayt-a to’ramning oti,
Qurya-qur, hayt-a begimning oti. (x2)

Dunyo emas, ot jigitga vafodor,
Alpomishga qanot bo’lgan Boychibor!



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi, Doston Ubaydullaev - Tulpor
Nuriddin Hamroqulov - Tulporlarim
Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi
Doston Ubaydullaev - Tulpor
Mango guruhi - Sanamo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты