Sevara Nazarkhan - Orzuim

Ushalgan pok orzuim mening,
Qalbingizga jim ketaman men.
Siz eng yorug’ ko’zguyim mening,
Sevgim sizda aks etaman men.

Ko’ngilda ishq, duoda qo’llar,
Buncha so’lim, oydin bu yo’llar?
Rang talashsa chamanda gullar,
Bahor bilan bahs etaman men.

Qaylargadir shoshganingizda,
Sog’inch bo’lar ko’nglimga malham.
Bir lahzaga tark etsangiz ham,
Asrga teng dard yutaman men.

Ming shukur, mehringiz bag’rimda,
Hijron yo’li bizdan narida.
Sog’inchingiz sahnalarida
Bir siz uchun raqs etaman men.

Yog’dularga nahorday to’lib,
Qalbingizda bahorday kulib,
Faqat sizning gulingiz,
Sizning gulingiz bo’lib,
Faqat sizga gul tutaman men.

Asalimiz va qandlarimiz,
Omon bo’ling dilbandlarimiz.
Sizdan aziz farzandlar,
Aziz farzandlarimiz,
Ikkimizga baxt kutaman men.

Tugunlarni yecholmay qolsam,
Daryolarni kecholmay qolsam,
Yoki qushday ucholmay qolsam,
Qanotimsiz, shahdimsiz mening.

Qo’lim dedim qo’llaringizni,
Yo’lim dedim yo’llaringizni,
Alishmasman hech taxtga sizni,
Bebahoyim, taxtimsiz mening.

Siz borsiz – qayg’ular yiroqday,
Manzillar ham yo’llar ham oqday,
Ildiziga sodiq tuproqday,
Bir umrlik ahdimsiz mening.

Muhabbatsiz dunyo ayanchli,
Oilamiz tog’i, tayanchi,
Siz bir umr mening suyanchim,
Hayotimsiz, baxtimsiz mening.

Yog’dularga nahorday to’lib,
Qalbingizda bahorday kulib,
Faqat sizning gulingiz,
Sizning gulingiz bo’lib,
Faqat sizga gul tutaman men.
Asalimiz va qandlarimiz,
Omon bo’ling dilbandlarimiz.
Sizdan aziz farzandlar,
Aziz farzandlarimiz,
Ikkimizga baxt kutaman men. (x2)

Ushalgan pok orzuim mening,
Qalbingizga jim ketaman men.
Siz eng yorug’ ko’zguyim mening,
Sevgim sizda aks etaman men.

Ko’ngilda ishq, duoda qo’llar,
Buncha so’lim, oydin bu yo’llar?
Rang talashsa chamanda gullar,
Bahor bilan bahs etaman men.



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Shukur
Ulug'bek Rahmatullaev - Oydin kechalar
Og'abek Sobirov - Onamga teng bo’la olmas
Sarvar va Komil - Navro’z
Sarvar va Komil - Raqs tushar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты