Ozodbek Nazarbekov - Bevafo qaytmagin

Ketar ekansan, shod kunlarimda
Ketsang bo’lmasmidi?
Ko’ngling yo’q ekan, aytib ko’nglimdan
O’tsang bo’lmasmidi?

Tangrimdan bu kun kelib boshimga
Tushdi mushkul savdo,
Shunday bir og’ir kunda yor bo’lib,
Kutsang bo’lmasmidi?

Ey bevafo, endi qaytmagin,
Tunlar to’lg’onib, sensiz yashayman.
Sen unutganim, meni kutmagin,
Bag’rim o’rtanib, sensiz yashayman.

Kun kelar, quyosh nuri ham
Ado bo’lg’ay, ey jafokash.
Bu kir orzuga yuzimni bosmay
Yetsang bo’lmasmidi?

Kuyma Fidoiy, bu bag’ri toshga
Sira ham arzimas.
Shuncha mehringni bilganlarga
Baxsh etsang bo’lmasmidi?

Ey bevafo, endi qaytmagin,
Tunlar to’lg’onib, sensiz yashayman.
Sen unutganim, meni kutmagin,
Bag’rim o’rtanib, sensiz yashayman. (x1+x1)



Бошка кушик матнлари:


Asilbek Negmatov - Ketsang ketaver
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Asilbek Negmatov - Bunchalar
Leyla - Yor-yor
Tohir Usmonov - Bor ekan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты