Dilshodbek Xoliqov, Ruhshona - Bilak uzugim

[Ruhshona]
Soy bo’yida-yo yurgan yigit,
Qoshu ko’zini suzgan yigit, (x2)
Bilak uzugim olgan yigit-o,
Endi bergin-o bilak uzugim. (x2)

[Dilshodbek Xoliqov]
Soy bo’yida-yo yurganim yo’q,
Qoshu ko’zimni suzganim yo’q, (x2)
Bilak uzugingni olganim yo’g’-o,
Olganlar bersin bilak uzugingni. (x2)

[Ruhshona]
Oq otingga-yo yol bo’layin,
Oq yuzingga-yo xol bo’layin, (x2)
Yoring yo’qdir, yor bo’layin-o,
Endi bergin-o bilak uzugim. (x2)

[Dilshodbek Xoliqov]
Oq otimga-yo yol bo’lsang sen,
Oq yuzimga-yo xol bo’lsang sen, (x2)
Yorim yo’qdir, yor bo’lgin sen-o,
Mana olgin-o bilak uzugingni. (x2)

Oq otimga-yo yol bo’lsang sen,
Oq yuzimga-yo xol bo’lsang sen, (x2)
Yorim yo’qdir, yor bo’lgin sen-o,
Mana olgin-o bilak uzugingni. (x2)
Ey, mana olgin-o bilak uzugingni.



Бошка кушик матнлари:


Dj Piligrim - Ko’k choy
Kumush Razzoqova - O’zbek xalq termalaridan
Kumush Razzoqova - Popurri
Yulduz Usmonova - Duo qilaylik
Ruhshona - Bilak uzuk


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты