Muhriddin Xoliqov - Laylim

Seni Laylim, hajringda to’lg’onaman,
Majnun misol vaslingda devonaman.
O’zim bir bor qo’lingdan tutmay turib,
Yellar o’psa yuzingdan qizg’onaman.

Majnun o’zim, maftun o’zim,
Mamnun o’zim, mahzun o’zim.
Yer aylanur, ko’k aylanur,
Dunyo o’zim, gardun o’zim.

Yonimdasan, jonimdasan,
Poyingda parvonaman.

Seni Laylim, hajringda to’lg’onaman,
Majnun misol vaslingda devonaman.
O’zim bir bor qo’lingdan tutmay turib,
Yellar o’psa yuzingdan qizg’onaman.

Sochingni o’ynasa xil-xil shamol,
Yuzingdan taratsa gul-gul jamol.
Hijronlar bor, yomonlar bor,
Vafosi yo’q, yolg’onlar bor.

Bizga ziyon yetmasmu deb,
O’ylonaman, o’rtonaman.

Seni Laylim, hajringda to’lg’onaman,
Majnun misol vaslingda devonaman.
O’zim bir bor qo’lingdan tutmay turib,
Yellar o’psa yuzingdan qizg’onaman.



Бошка кушик матнлари:


G'ulomjon Yoqubov - O’sma qo’yibdi qoshiga
Sogdiana - Yurak mahzun
Yodgor Mirzajonov - Seni qizg`onaman
Bojalar guruhi - Boraman
Yulduz Usmonova - Men seni qizg’onaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты