San'at guruhi - Xo’ja Nasriddin

Tom boshida tog’ora,
Tog’orada zog’ora.
Zog’orani yopolmay, dod-ay,
Cholu kampir ovora.

Zog’orani yopolmay, dod-ay,
Cholu kampir ovora.

Yorim ana kelmoqda,
Tashlab ohista qadam.
Agar menga boqmasa, dod-a,
Rosa qiladi alam.

Agar menga boqmasa, dod-a,
Rosa qiladi alam.

Yorim ketoman deydi-yo,
Ketgizgani qo’ymayman. (x2)
Yo’llariga tushvolib, dod-ay,
O’tkizgani qo’ymayman.

Yo’llariga chim bosib, dod-ay,
O’tkizgani qo’ymayman.

Ketsang ketaver yorim,
Ketsang nima parvoyim?
Bu jonim omon bo’lsa, dod-ay,
Yana bitta sevgonim.

Bu jonim omon bo’lsa, dod-ay,
Yana bitta sevgonim.

Yorim ketoman deydi-yo,
Ketgizgani qo’ymayman. (x2)
Yo’llariga tushvolib, dod-ay,
O’tkizgani qo’ymayman.

Yo’llariga chim bosib, dod-ay,
O’tkizgani qo’ymayman.

Yorimning ko’ngli nozik,
Bunga to’g’ri yo’l topay.
Sevgimni izhor aylab, dod-a,
Yor qalbini shod etay.

Sevgimni izhor aylab, dod-a,
Yor qalbini shod etay.

Yorim ketoman deydi-yo… (x2)
Yo’llariga tushvolib, dod-ay,
O’tkizgani qo’ymayman.
Yo’llariga chim bosib, dod-ay,
O’tkizgani qo’ymayman.

Tom boshida tog’ora,
Tog’orada zog’ora.
Zog’orani yopolmay, dod-ay,
Cholu kampir ovora.

Zog’orani yopolmay, dod-ay,
Cholu kampir ovora.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi - Tog’ora
Asilbek Negmatov - Ketsang ketaver
Sevara - Ana-ana
Yulduz Turdieva - Yorim ketoman deydi
Yulduz Turdieva - Ketaver yorim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты