Oxunjon Madaliyev - Ko’nglimda bir yor

Muhabbat bog’iga kirmadim bir bor,
Suygan gulimga qo’l urmadim bir bor.
Endi tunlar yig’lar menga qo’shilib,
Qo’ynimda bir yoru ko’nglimda bir yor. {x2}

Biri birisiga o’xshamas, yora,
Ko’zimning yoshlari to’xtamas, yo Rab.
Kuyarman bir unga, bir bunga qarab,
Qo’ynimda bir yoru ko’nglimda bir yor. {x2}

Birin erkalab nigohim bilan,
Birisin erkalab dudog’im bilan,
Yasharman savobu gunohim bilan, {x2}
Qo’ynimda bir yoru ko’nglimda bir yor. {x2}

Birin hur deyinmu, birin guloyim,
Suymaganim suyganimdan muloyim.
Bu qanday ko’rgilik ekan, Xudoyim, {x2}
Qo’ynimda bir yoru ko’nglimda bir yor. {x2}



Бошка кушик матнлари:


Sardor Mamadaliyev - Omon yora
Ozodbek Nazarbekov - Binafsha
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Sherali Jo'rayev - Avvalgilarga o’xshamas
Sherali Jo'rayev - Davron to’xtamas


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты