Sevara Nazarkhan - Quyoshga qarab oqqan suv

Quyoshga qarab oqqan suv,
Dardimni aytgan edim-ku,
Dodimga yetmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Qanday yuzsiz do’stimsan,
Ohlar to’la ko’ksimdan
Oh urib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Suvingga qo’shib yoshimni,
Qiblaga qaratib boshimni
Yotqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Quyoshga qarab oqqan suv…

Men kimman? Men bir yolg’izman,
Suv bo’yida bir yalpizman.
Oqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Quyoshga qarab oqqan suv,
Dardimni aytgan edim-ku,
Dodimga yetmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?
Suvingga qo’shib yoshimni,
Qiblaga qaratib boshimni
Yotqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv? (x2)

Quyoshga qarab oqqan suv…



Бошка кушик матнлари:


Nilufar Usmonova - Men kimman ayt
Dj Piligrim - Ko’k choy
Bojalar guruhi - Sevara
Madina Mumtoz - Unuta olmayman
Ruhshona - Kabutar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты