Shohruhxon - Gulira’no

Hammayoqda atirgul isi,
Har narsadan izlayman ma’no.
Xayolimdan ketmagay isming,
O, Gulira’no.

Bir dard o’rtar meni beomon,
Bu dardga hech bormikin davo?
Chora istab, chopdim har tomon,
O, Gulira’no.

Gulira’no, Gulira’no,
Gulira’no, bormikin davo? (x2)

Berolmasman taqdirga firib –
Sensiz baxtim kulmagay aslo.
Huzuringga keldim bosh urib,
O, Gulira’no.

Men bilmasman ishqning tilini,
Noming qalbda yashnagay ammo.
Xazon etma sevgim gulini,
O, Gulira’no.

Gulira’no, Gulira’no,
Gulira’no, bormikin davo? (x2)



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov - Keldim
Asliddin Do'stov - Keldim
Rayhon - Duv-duv gap
Bahodir Mamajonov - Keldim yana
Murodjon Ahmedov - O’rtar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты