Olmaxon Hayitova - Onam derman

Bu olamda ulug’ zot kim,
Desang doim, onam derman.
Hayotim ustuni, munis,
Madadkorim-ey onam derman.

Bu umrim mash’ali o’chmas,
Hayoti surati ko’chmas.
Dilimga dili payvand,
Chamanzorim-ey onam derman. {x2}

Ona farzandga bol bergay,
Saodat chechagin tergay.
Ham ardoqlab, ham o’rgilgan,
Shifokorim-ey onam derman. {x2}

Uzoq ketsang qolar dog’da,
Kutar bedor sahar chog’da.
Muqaddassan-da tuproqdan,
Gulbahorim-ey onam derman.

Muqaddassan-da tuproqdan,
Gulbahorim-ey onam derman.

Hayo yanglig’ onalik chog’
Kabi madhin qilgil yod.
Ona birlan hayot obod,
Umidvorim-ey onam derman.

Ona birlan hayot obod,
Umidvorim-ey onam derman.
Onam derman…



Бошка кушик матнлари:


Sevara - Ali
Alisher Fayz - Gulbahorim
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Asilbek Negmatov - Ketsang ketaver
Farhod va Shirin - Lolazorim, chamanzorim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты