Yalla ansambli - O’zbekiston Vatanim

O’zbekiston – vatanim,
Baxt bahorim, chamanim.
Yurt yagona, qalb tanho,
Elga fido jon-tanim.

Quchib qaynoq quchog’in,
Ko’zga surtib tuprog’in,
Hurlik qo’shig’in kuylab,
O’paman yurt bayrog’in.

Yalla, yalla, yalla-yalla,
Taronaman, allaman.
Yalla, yalla, yalla-yalla,
Yurt ishqida yonaman. (x2)

Odam bolamni deydi,
Sog’lom olamni deydi.
Oshiq ahli vafoli,
Sodiq sanamni deydi.

Sadoqatdan kuylayman,
Oqibatin o’ylayman.
Muhabbatsiz hayot yo’q,
Sadoqatdan so’ylayman.

Yalla, yalla, yalla-yalla,
Taronaman, allaman.
Yalla, yalla, yalla-yalla,
Yurt ishqida yonaman. (x4)



Бошка кушик матнлари:


Dilso'z - Vatanim
Sherali Jo'rayev - O’zbekiston
Dilfuza Rahimova - Elimga
Yulduz Usmonova - Bahorim bahor
Farrux Ahmedov - Vatanim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты