Abdulhay Karimov - Otalar

Qo’ynida, belbog’ida non tashigan,
Chumolidek uyiga don tashigan,
Ahliyu ayoliga jon tashigan, {x2}
Oshi beminnat otalar, voyey,
Noni beminnat otalar.

Baxtimizga omon bo’lsin, o’lmasin,
Ko’ngli nurga to’lsin, g’amga to’lmasin.
Kampirlari bilan qo’sha qarisin,
Kampirlari bilan qo’sha qarisin.

Oshi beminnat otalar, voyey,
Noni beminnat otalar.
Kampirlari bilan qo’sha qarisin-o,
Noni beminnat otalar.

Farzand ko’rsa, shirin-shirin o’y qilgan,
Aqiqa-yu sunnat, beshik to’y qilgan, (x2)
Loylar tepib, g’ishtlar quyib uy qurgan,
Loylar tepib, g’ishtlar quyib uy qurgan-ey.

Oshi beminnat otalar, voyey,
Noni beminnat otalar. (x2)

Erkalatib ko’targandi bo’ynida,
Sovqotsak isitgandi-yo qo’ynida,
Farzandini podsho bilib ko’nglida,
Farzandini podsho bilib ko’nglida-ey.

Oshi beminnat otalar, voyey,
Noni beminnat otalar.

Mehr berib, mehrimizga qonmagan,
Kunda bir bozor qilishdan tolmagan.
Kuydursa ham farzandidan tonmagan, {x2}
Oshi beminnat otalar, voyey,
Noni beminnat otalar. (x3)

Kampirlari bilan qo’sha qarisin-o,
Noni beminnat otalar-ey.



Бошка кушик матнлари:


Sardor Mamadaliyev - Omon yora
Bojalar guruhi, Rayhon - Omoney
Yalla ansambli - Omon yor
Osiya - Tinchlik
Munisa Rizayeva - Don’t walk away


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты