Shahrim gulxona bo’lsa,
Janon choyxona bo’lsa,
Peshtoqlari naqshinkor
Tillo koshona bo’lsa.
Dutor, tanbur yangrasa,
Ko’ngillar teng anglasa,
Toshkent piyolasida
Ko’k choy sharqona bo’lsa. {x2}
Yelkasida oq sochiq,
Qalbi oftobday ochiq,
Choyxonachi choyxo’rga
Gir-gir parvona bo’lsa. {x3}
Chin ulfatlar yig’ilsa,
Shirin suhbatlar qilsa,
Tinchlik bergan rohatdan
Gaplar do’stona bo’lsa. {x2}
Yelkasida oq sochiq,
Qalbi oftobday ochiq,
Choyxonachi choyxo’rga
Gir-gir parvona bo’lsa. {x3}
Damlansa palov, oshlar,
Havas qilsa qardoshlar,
Choyxonaning ta’rifi
Har yon afsona bo’lsa. {x2}
Yelkasida oq sochiq,
Qalbi oftobday ochiq,
Choyxonachi choyxo’rga
Gir-gir parvona bo’lsa. (x2)
Gir-gir parvona bo’lsa. (x2)
Xush kelibsiz mehmonlar,
Bizning Toshkent tomonlar.
Samarqandu Buxoro
Bo’lmish tilda dostonlar. {x2}
Yelkasida oq sochiq,
Qalbi oftobday ochiq,
Choyxonachi choyxo’rga
Gir-gir parvona bo’lsa. {x3}
Бошка кушик матнлари: