Dildora Niyozova - Kelin

To’ydan uch kun o’tiboq,
Boshlanadi hammasi,
Hayot ekan ko’ramiz,
Turmush degan tamg’asin. (x2)

Buzilmasin desangiz,
Kuyov bola va’dasi,
Qaynonaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynotaga do’st bo’ling, kelin.

Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Kelin, kelin, oy kelin,
Go’zallikka boy kelin,
Kulishlari yarashgan,
Ham iboli oy kelin. (x2)

Ayamang xush kalomni,
Ham aligu salomni,
Har nimaga chalg’imay,
Shirin qiling taomni. (x2)

Kuyov bola teskari
Kiymasidan to’nini,
Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Kelin, kelin, oy kelin,
Go’zallikka boy kelin,
Kulishlari yarashgan,
Ham iboli oy kelin. (x2)

Kurmagisiz guruch yo’q,
Yaxshi uyda urush yo’q,
Tosh kelganda kemiring,
Suv kelganda simiring.

Qozonmoq uchun kuyov
Muhabbatu sevgisin,
Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Kelin, kelin, oy kelin,
Go’zallikka boy kelin,
Kulishlari yarashgan,
Ham iboli oy kelin. (x2)

Kelin, kelin, oy kelin,
Go’zallikka boy kelin,
Agar ko’nglin topsangiz,
Uy to’rida joy, kelin.

Agar ko’nglin topsangiz,
Uy to’rida joy, kelin.



Бошка кушик матнлари:


Abdulhay Karimov - To’y bola
Yulduz Usmonova - Xush keldilar
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Radius 21 - Kuyov bola
Sevara - Dildora


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты