Oxunjon Madaliyev - Seni bugun ko’rmasam bo’lmas

G’amgin yurak, g’amgusor yurak,
Bechorani xo’rlasang bo’lmas. (x2)
Seni bugun ko’rishim kerak,
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. (x2)

Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar qo’ygaymi omon? (x2)
Tushun, seni sog’indim yomon,
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. (x2)
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas.

Balki quyosh kular ertaga,
Ochiladi gullar ertaga. (x2)
Nima bo’lsa, bo’lar ertaga,
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. (x2)
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas.

Uzun tunlar bunchalar mahzun,
Mahzun kunlar bunchalar uzun? (x2)
Men ertaga yashashim uchun
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. (x2)

Seni bugun ko’rmasam bo’lmas… (x4)



Бошка кушик матнлари:


Dildora Niyozova - Seni ko`rishim kerak
Mansurxon Nurmatov - Seni sog’indim
Sardor Mamadaliyev - Omon yora
Alisher Fayz - Sog’indim
Jahongir - Sog’indim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты