Lola Ahmedova - Ayrilsam

Hech kimni sizchalik sog’inmaganman,
Devona bo’laman sizdan ayrilsam.
Axir yolg’izlikka qanday chidayman?
Ochilmay so’laman sizdan ayrilsam. (x2)

Ayrilsam, sizdan ayrilsam,
Ochilmay so’laman sizdan ayrilsam.
Jonim, ayrilsam, men sizdan ayrilsam,
Men qanday yashayman sizdan ayrilsam?

Sizsiz bir daqiqam bir million yilday,
Yoningizga borish ming yillik yo’lday.
Yig’latmang, ko’z yoshim sachraydi durday,
Men yomon yig’layman sizdan ayrilsam.

Ayrilsam, men sizdan ayrilsam,
Ochilmay so’laman sizdan ayrilsam.
Jonim, ayrilsam, men sizdan ayrilsam,
Men qanday yashayman sizdan ayrilsam?

Keling ko’rishaylik, yolg’izim, jonim,
Hech xafa qilmayman, azizim, borim. (x2)
Devonaginam mening, bo’ynimda dorim,
Ishoning, o’laman sizdan ayrilsam.

Ayrilsam, ayrilsam,
Ochilmay so’laman sizdan ayrilsam.
Jonim, ayrilsam, men sizdan ayrilsam,
Men qanday yashayman sizdan ayrilsam?



Бошка кушик матнлари:


Munisa Rizayeva - Xafa-xafa
Subxan - Lola
Hosila Rahimova - O’zingni ehtiyot qil
Janob Rasul - Ming’ir-ming’ir
Yulduz Abdullayeva - Hay bola


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты