Akbar - O’zbek ayoli

Qo’l ochadi tongdan duoga,
Sig’inadi Alloh Taologa.
Yuzin chayar shabnam ziyoga,
Uyaltirar oyni jamoli,
Momo Havo – o’zbek ayoli.

Yuragida so’nmas muhabbat,
Yaraladi ishqidan hayot.
Orzu-umid umriga qanot,
Hijronlarni haydar visoli,
Ko’ksi dunyo o’zbek ayoli.

Ona, singlim, yorim, qizim u,
Kelajakni ko’rar ko’zim u.
Chechak unar bosgan izi u,
Yeru ko’kni quchar xayoli,
Zukko, dono o’zbek ayoli.

Har qadami jannatning o’zi,
Dasturxonda qalbi – non, tuzi.
O’zbek nomin kalima so’zi,
Kunday, tongday kulgan iqboli,
Vahiy, nido – o’zbek ayoli. {x2}



Бошка кушик матнлари:


Gulsanam Mamazoitova - Ona qizim
Sardor Rahimxon - Ona qizim
Shahzod Murodov - Yaxshi singlim
Ozodbek Nazarbekov - Olloh go’zal
Isoqjon Jo'raxonov - Jon qizim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты