Shahzoda - Assalomu alaykum

Assalomu alaykum, assalomu alaykum,
Assalomu alaykum, Alloh balodan saqlasin.

Biz bilgan bir tilak bordir, u muborak,
Shu so’zdan boshlaymiz har safar ko’rishsak,
Tinchlik va salomatlik, xotirjamlik, baraka,
Ezgulik mujassamdir shu ikki og’iz so’zda.

Allohim saqlasin har xil balolardan,
Dil ozor chekmasin hech bir-birimizdan,
Pokiza, muborak biz bilgan bu tilak,
Shu so’zdan boshlaymiz har safar ko’rishsak.

Assalomu alaykum (Vaalaykum assalom) (x2)
Assalomu alaykum, Alloh balodan saqlasin.

Tildan chiqqan har so’z qolar ekan dilda,
Kon’gil bo’lar ma’lum muomala qilganda,
Balki, kim o’ziga to’q, qo’li yetar har narsaga,
Kimningdir imkoni yo’q, yashar ko’nib bor-yo’g’iga.
Hech narsa teng emas dil tozaligiga,
Baribir u dunyo qarar inson qalbiga.

Assalomu alaykum (Vaalaykum assalom) (x2)
Assalomu alaykum, Alloh balodan saqlasin.

Assalomu alaykum (Vaalaykum assalom) (x2)
Assalomu alaykum, Alloh balodan saqlasin.

Assalomu alaykum (Vaalaykum assalom) (x4)
Alloh balodan saqlasin.



Бошка кушик матнлари:


Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Og'abek Sobirov - Onamga teng bo’la olmas
Kamoliddin Rahimov - Salomatlik kerak
Tohir Usmonov - Bor ekan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты