Ozodbek Nazarbekov - Qo’rqaman

Ulkan daryo emas, chashmi zilollardan qo’rqaman,
Meni jarga eltar shirin xayollardan qo’rqaman. (x2)

Kuydim yetar, ikki qoshi hilollardan qo’rqaman,
Men kutmagan yondan esar-ey shamollardan qo’rqaman. {x2}

Ojiz ko’nglim, ojiz qalbim, ojiz qo’rqoqdir yurak,
Ojiz osmon o’par tog’ni talqon aylagan bilak.

Ojiz bo’lib yaralganmiz, ojizdur hatto malak,
Kuchli chinor qolib, nozik nihollardan qo’rqaman. {x2}

Kimdur qo’rqar qanotimdan, kimdur qo’rqar oftobdan,
Kim ortidan bo’lar gardan, kimdur qo’rqar kitobdan.

Kimdur yolg’on so’zlab, iymon sotar ekan mehrobdan-ey,
Haqqa taqvo qilar soxta-ey bilollardan qo’rqaman. {x2}

G’olib bo’lgim kelar doim, hayot kurash maydonida,
Jonni bersam deymanki men pok iymon ummonida.

G’anim tursa tug’in charxlab, yerning to’rt tomonida, (x2)
G’anim emas, qo’ynimdagi ilonlardan qo’rqaman. (x2)

Qo’rqib yashash, ey Fidoiy, odamzotga dard ekan,
Tor yo’llarda ziyrak yurmoq har kishiga shart ekan.

Osiylikdan qo’rqqan kishi – u albatta mard ekan,
Kunlar kelib Tangri berar-ey savollardan qo’rqaman. {x2}

Savollardan qo’rqaman…



Бошка кушик матнлари:


Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
Mango guruhi - Malak
Sevara - Eski shaharlik
Sherali Jo'rayev - Nozik


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты