Muhabbat baxtidan sarxush edim men,
Jannat ta’rifida bir tush edim men, (x2)
Vaslidan shod, hajridan homush edim men,
Netaykim, xayoli faromush edim men.
Endi mening qalbima muhabbat o’t yoqmaydi,
Yuragimda bir tosh bor, erimaydi, oqmaydi,
Erimaydi, oqmaydi.
Soyga yalpiz suydirib, qoyil edim men,
Ishqning ganjidan boir edim men, (x2)
Qatra mehr ko’rsatsa kim, moyil edim men,
Ko’pning ko’zin kuydirib, shoir edim men.
Endi o’tlig’ so’zlarim biror dilni yoqmaydi,
Yuragimda bir tosh bor, erimaydi, oqmaydi,
Erimaydi, oqmaydi.
Gard aylamish ul yor, ohlar urarman,
Endi qanday bosh ko’tarib yurarman?
Endi uzun, mahzun o’ylar surarman,
Balkim, Majnun bilan davra qurarman.
Endi mening holima biror xayrxoh boqmaydi,
Yuragimda bir tosh bor, erimaydi, oqmaydi,
Erimaydi, oqmaydi.
Erimaydi, oqmaydi, erimaydi, oqmaydi.
Endi o’tlig’ so’zlarim-ey biror dilni yoqmaydi,
Yuragimda bir tosh bor, erimaydi, oqmaydi,
Erimaydi, oqmaydi.
Erimaydi, oqmaydi, haa…
Бошка кушик матнлари: