Lola - Asta

Sog’inib bu tun kechada,
Hijron kechada bedorman.
Sevgining sarhadlarida,
Hasratlarida bemorman.

Sen ila har kun kechada,
Vasling istab senga zorman.
Jonginam, yolg’iz sen ila
Orzular shahriga mehmonman.

Asta, sen asta bilinmay,
Aylandingmi hayotim ma’nosiga?
Xasta, qilma xasta dilimni,
Ojizdir bu yuragim sevgingla. (x2)

Xayolim sevgi fazosi,
Ishqning sadosi-la ucharman.
Samoda shodlik yo’lini,
Baxtning qo’lini qucharman.

Jonginam, bir zum ko’rmasam,
Tinmay sog’inib kutarman.
Seni orzularim shahriga
Muhabbat-la olib ketarman.

Asta, sen asta bilinmay…
Xasta, qilma xasta dilimni…

Asta, sen asta bilinmay,
Aylandingmi hayotim ma’nosiga?
Xasta, qilma xasta dilimni,
Ojizdir bu yuragim sevgingla. (x2)
Asta…



Бошка кушик матнлари:


Subxan - Lola
Sahar - Lola
Bojalar guruhi - Andijonlik mehmonman
Shohzamon - Lola
Ziyoda - Hali-hali


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты