Ozodbek Nazarbekov - Beqarorimnimu dey

Yo qoshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?
Yo sochingdek tiyra bo’lg’on ro’zgorimnimu dey?

Kunduz o’lsa, tungacha aytaymu bepoyon g’amim,
Kecha bo’lsa, tongg’a tegru holi zorimnimu dey? (x2)
Yo qoshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?

Hajri qotil birla ko’nglum holatinmu sharh etay, (x2)
Dardi muhlik ichra joni beqarorimnimu dey? (x2)
Yo qoshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?

Telbayu madhushu bexud dema kim qildi seni,
La’li maygun, so’zi mulk, ko’zi xumorimnimu dey?

Bobur, ul oyning quyoshdek orazi hijronida
Tongg’a tegru har kecha yulduz sanorimnimu dey? (x2)

Yo qoshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?
Yo sochingdek tiyra bo’lg’on ro’zgorimnimu dey?

Yo sochingdek tiyra bo’lg’on ro’zgorimnimu dey?



Бошка кушик матнлари:


Faxriddin Umarov - Jismu-zorim
Shahzod guruhi - Yo’q dema
Rayhon, Ziyoda - Dema sodda
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Botir Qodirov, Munisa Rizayeva - Dema-dema


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты