Nuriddin Haydarov - Ayronchi qiz

Sotar edi yo’lda bir qiz ayrongina,
Taqib olib chakkasiga rayhongina. (x2)
Husnin ko’rib, bizning yurak hayrongina. (x2)

Ayronchi qiz, quygin yana ayroningdan,
O’rgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)

Ayronidan kosachaga quyib-quyib,
Menga tutdi qovoqlarin uyib-uyib. (x2)
Nahot qolar yurakkinam kuyib-kuyib? (x2)

Ayronchi qiz, quygin yana ayroningdan,
O’rgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)

Qayga borsang, ortlaringdan qolmasman hech,
Yuraverib izlaringdan tolmasman hech.
O’zgalardan ayron endi olmasman hech. (x2)

Ayronchi qiz, quygin yana ayroningdan,
O’rgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)

O’rgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Nuriddin Haydarov - Eshmat o’g’li Mamajon
Rayhon - Yor demadim
Sherali Jo'rayev - Qayga borursan
Bojalar guruhi, Oybek va Nigora - Dachalar bor
Shahzoda - Sevaman dildan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты