Nuriddin Haydarov - Arazlama

O’tayotib, bag’rim kuyib,
Derazangga bo’ylayman.
Majnuntolni quchib, unga
Dardlarimni so’ylayman.

Novdalarni emas, zora
Sochlaringni o’ynasam,
Rahmim kelar, uyda yolg’iz
Yotganingni o’ylasam.

Arazlama, jonim, arazlama,
Arazlama, jonim, arazlama! (x2)

Balki, jonim, gul kerakdir,
Olaqolgin gulimni,
Balki, jonim, dil kerakdir,
Olaqolgin dilimni.

Atirgulni hidlagayman
To’zitmasdan, uzmasdan,
Go’yo seni o’pganimdek,
Oromingni buzmasdan.

Arazlama, jonim, arazlama,
Arazlama, jonim, arazlama! (x3)



Бошка кушик матнлари:


Nuriddin Haydarov - Eshmat o’g’li Mamajon
Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Ozodbek Nazarbekov - Yuragim-ey
G'ulomjon Yoqubov - O’ylasam
Vohidjon Isoqov - Muhabbat


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты